Пятница, 29.03.2024
www.jasur-medical.ucoz.com...





Бош меню
узим хакимда
Мои файлы [142]
Главная » Файлы » Мои файлы

Bugun balki oxirgi kunim.
13.04.2011, 13:53

Kammi-ko`pmi yashadim ey do`st.

Ko`p ishlarga balki ulgurdim.

Har kun tongda o`ylayman xanuz.

Bugun balki oxirgi kunim.

 

Ertaga xam rejam ko`p garchi.

Armonlarim ko`pi birlamchi

Ajal nogoh tortadi qamchi.

Bugun balki oxirgi kunim

 

So`zim eshit sirdoshim soat.

Yonib o`char onmiz omanat

Balki bo`lar erta qiyomat

bugun balki oxirgi kunim

 

Duo qiling meni onajon

Yurakkinam og`ir chalajon

Ketsam, rozi bo`ling dadajon

Bugun balki oxirgi kunim.

 

Xafa bo`lma mendan do`stginam.

Seni bilmay ranjitgan bo`lsam.

Ortimdan tosh otmagin o`lsam

Bugun balki oxirgi kunim.

 

Ijodim deb, baxtimdan kechdim

Qancha yillar zaxrini ichdim

Bir sham kabi yondim-u o`chdim

Bugun balki oxirgi kunim.

 

Bugun balki oxirgi kunim.

Sog`inaman singillarimni

bir mehribon akaday bo`lib

Ololmadim ko`ngillarini.

 

Toshdan battar ekansan ko`nglim

Nima desang bariga ko`ndim

Sevgi deding sevdim o`ylamay

Ishq dardini endi tushundim.

Qalbim ichra ming bitta tilak

Umr oqar, tilimda ertak

bunchalar xam xovliqding YURAK.

Bugun balki oxirgi kunim.

Категория: Мои файлы | Добавил: JASUR
Просмотров: 1083 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Админ билан боғлан
jasik_088@bk.ru
MP3
Поиск
Copyright MyCorp © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz