Вторник, 16.04.2024
www.jasur-medical.ucoz.com...





Бош меню
узим хакимда
Мои файлы [142]
Главная » Файлы » Мои файлы

Гулчехра Эшонкулованинг 5 ешар кизи бор
26.05.2011, 14:52

GULChEHRA EShONQULOVANING 5 YaShAR QIZI BOR?!GULChEHRA EShONQULOVANING 5 YaShAR QIZI BOR?!
Bugungi ishtirokchimiz taniqli aktrisa Gulchehra Eshonqulova. Ko'pchilik uni shartaki, betgachopar aktrisa deydi. Balki, u o'z sha'nii himoya qilishni yaxshi ko'rar, balki qadrining qiymatini tushib ketmasligi uchun tish tirnog'i bilan kurashishni afzal ko'rar...Nima bo'lganda ham Eshonqulova ko'plab jurnalistlarning "dod”ini berganini eshitganmiz. Anchadan buyon ekranlarda ko'rinmay qolgani boismi, ayni paytda aktrisamiz turli mish-mishlar girdobida. Loyihamiz bahonasida barchasiga oydinlik kiritamiz.
I . Oydinlik kiriting!
1. Bir muddat Amerikada yashab qaytibsizmi?..
- Amerikaga borish uchun viza olganim rost, biroq "Qasos” filmining suratga olish ishlari cho'zilib, belgilangan muddatda tugagatilmagani bois safarim vaqtincha qoldirildi. 
2. Gulchehraning besh yashar qizi bor ekan, degan mish mishlar quloqqa chalinayapti...
Bunaqa gaplarni qayerdan olishadi, hayronman. Farzandli qilishdan oldin erga berishsa bo'lardi(kulib). Meni emas, singlimning farzandi bor, ikkita: bir qiz, bir o'g'il. Ko'pincha ularni o'zim bilan birga olib yuraman. Singlim ishlari ko'payib ketsa ba'zida ularga qarab turishga menikiga qo'yib ketadi, gohida o'zim borib olib kelaman. Ularni olib yurganimni ko'rganlar shunday xayolga borgan bo'lsa kerak.
3. "MTVA 2009”da "Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi sizga emas boshqa aktrisaga berilganidan ranjib taqdimotni jahl bilan tark etgan ekansizq
Xech qachon! Agar o'sha nominatsiyaga yuz foiz men haqli bo'lib, boshqa olgan taqdirimda ham bunday ish qilmayman. Bu darajada madaniyatsizlik, o'zini tuta bilmaslik mening tabiatimga ham, tarbiyamga ham xos emas.
4. Turmushga chiqsangiz to'yingizni ovoza qilmasdan, imi-jimida o'tkazish niyatida emishsizq
Imi-jimida qilmoqchi emasman, bir oddiy o'zbek qizining to'yi qanday bo'lsa, meniki ham shunday o'tadi. Faqat matbuotga suratlarni tarqatish, to'yim diskini sotuvga chiqarish niyatim yo'q xolos.
5. Odamlardan o'zingiz haqingizda yana qanaqa "yangilik” eshitdingizq
Siz eshitmadingizmi, (kulib) Gulchehra Eshonqulova qanaqadir sirli kasallikdan o'lganmish. Tavba! Sal ko'rinmay qolsang, seni nimalar qilishmaydi, aq Azizlar, axir hayotim faqat kinodan iborat emas-ku! To'g'ri, ijodimda uzilish bo'ldi, lekin taklif etilayotgan rollar ko'nglimni jiz ettirmasa nima qilayq

II. O'ylab javob bering! 
1.O'zgalar oldida berilgan nasihat ta'nadek botadi. Bu fikr qanchalik to'g'ri, sizningchaq
-O'sha nasihat kimga qaratilgani va qanday ohangda aytilganiga bog'liq. Ammo, menimcha yosh bolalarga ko'pchilik oldida nasihat berish, aksincha juda to'g'ri, boshqalariga ham saboq bo'ladi-da! Kattalarga esa, o'zgalar oldida emas, yolg'iz holda nasihat qilgan ma'qul.
2.Sen menga do'sting kimligini ayt men sening kimligingni aytaman, degan naqlga qanday qaraysizq
-Bunga qo'shilmayman. Xar bir inson o'zi uchun javob beradi, men do'st bilgan odam sizga yoki sizning do'stingiz menga yoqmasligi mumkin. Yoqmagan odam ko'zingizga yomon ko'rini turgan gap.
3.Xotin zoti agar qalbing ular ishqiga giriftor bo'lganini sezsa burningni yerga ishqaydi, degan ekan bir allomasifat odam.
- Bu qarashga mutlaqo qo'shilmayman. Aksincha, ayol kishi o'zini qadrlagan, sevib, ardoqlagan insonini boshiga ko'taradi.
4. Jazolashdan ko'ra kechirmoqlik mardlikdir. Ojiz odam kechirolmaydi, degan qarashni yoqlaysizmiq
-Kechirish mard bo'lishi mumkindir ehtimol, ammo ojiz odam kechirolaydi degan fikr unchalik to'g'rimas. Xayotda kechirib bo'lmas xatolar ham bor-ku!
5. LoyiXamizning o'tgan galdagi ishtirokchisi erkaklar haqida «Uyidagi ayoli har qancha oqila, go'zal bo'lmasin erkakning ko'ziga qo'shni xotin chiroyli ko'rinadi» degan hazilomuz fikr bildirgandi. Nima deysiz, bu haqiqatga qanchalik yaqin?
- Agar bu gapni hayotiy tajribasi bo'lgan katta yoshli ayol aytgan bo'lsa, demak u haq!
-
III.O'ylamay javob bering!
1. Sizga o'zingiz kutmagan omadni taqdim etgan film?
"Fotima va Zuhra” filmi.
2. Jahongir Poziljonov bilan superkomediyada birga suratga tushgan bo'larmidingiz?
Yo'q!
3. Shohruhxon va Kajol, Leonardo Di Kaprio va Keyt Uinslit, Ulug'bek Qodirov va Dilnoza Kubayeva. Qaysi juftlikka ovoz berasiz?
Shubhasiz, "Titanik” qahramonlariga!
4. Qanaqa xislat yoki odat mutlaqo sizga xos emas?
Ichiqoralik!
5. Oxirgi marta qachon miriqib kuldingiz?
Menda kulgiga hamisha sabab bahona topiladi (samimiy kulib) Mana, suhbat davomida ham ba'zi savollaringizdan keyin maza qlib kulib oldim. 
Категория: Мои файлы | Добавил: JASUR
Просмотров: 12025 | Загрузок: 0 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1.9/41
Всего комментариев: 1
1 shahnoz  
0
ben senin turkmen izleycinim ben seniiiiii chooooook sevyorum hayatym

Имя *:
Email *:
Код *:
Админ билан боғлан
jasik_088@bk.ru
MP3
Поиск
Copyright MyCorp © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz