Четверг, 25.04.2024
www.jasur-medical.ucoz.com...





Бош меню
узим хакимда
Мои файлы [142]
Главная » Файлы » Мои файлы

"HECH NARSA TO`SQINLIK QILA OLMAYDI" ERKIN SUHBAT "SEVINCH MO`MINOVA"DAN
26.05.2011, 15:43

Sharof aka bilan konsert va turlitadbirlarda yuzma-yuz kelib turardik. Ammo oramizda salom-alikdan bo`lak hech nima bo`lmagan. 2009 yil dekabr oyida meni Yangi yil bazmiga taklif qilishdi. Bordim. Tadbirda sanatkorlar juda ko`p edi. Ularning ichida Sharof aka ham bor ekan. Nima bo`ldi-yu, ikkimiz gaplashib qoldik va suhbat mobaynida bir-birimizga telefon raqamlarimizni berdik. Shu kundan boshlab, ikkimiz qo`ng`iroqlashadigan bo`ldik. To`g`risi, bir-birimizga juda tezo`rganib qoldik. Chunki ikkimizning gap-so`zimiz to`g`ri kelgan edi. 
Bahor oylarining birida menga telefonda sevgi izhor etdilar. Hayron qolganimdan "Buncha tez" deb yuboribman. Ular meni uchrashuvga taklif etdilar. Bordim. Mashinada ketayotib, jiddiy ohangda yana sevgi izhor etdilar va qo`limni so`radilar.
Shu suhbatimizdan so`ng ularga nisbatan ko`nglimda o`zgacha iliqlik paydo bo`lganini tushundim. Do`stligimiz chuqurlashib ketganiga amin bo`ldim.
2010 yil 2 avgust kuni Farg`onada to`yimiz bo`ldi 4 avgust kuni esa to`y tantanalarini Toshkentda davom ettirdik.
To`ygacha juda ko`p muhlislar tomonidan qarshiliklar, gap-so`zlar bo`ldi. Hatooki to`yimizdan so`ng ham yarim tunda telefon orqali har-xil bo`lmag`ur gaplarni gapirishdi. Lekin bunday ig`volar biznining oramizni buza olmaydi. Men Sharof akaga 100% ishonaman. Chunki shu kungacha ularda hech qanday shubhali holatni sezmadim. Aytishadi-ku, taqdir, deb. Mening taqdirim Sharof akam ekanligiga shukronalar aytaman, ularga hurmatim cheksiz.
Категория: Мои файлы | Добавил: JASUR
Просмотров: 1183 | Загрузок: 0 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Админ билан боғлан
jasik_088@bk.ru
MP3
Поиск
Copyright MyCorp © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz