Пятница, 29.03.2024
www.jasur-medical.ucoz.com...





Бош меню
узим хакимда
Мои файлы [142]
Главная » Файлы » Мои файлы

Darslarimizni davom ettiramiz...
26.05.2011, 15:50

Qurollar paneli (Tools panel)

Bu darsda biz photoshopning eng asosi bo’lmish qurollar panelini (Tools Panel) ko’rib chiqamiz. Bunda har bir qurolning funktsiyasi va uning qisqa yo’llarini (short cut) tushuntirib berishga harakat qilaman. Unmid qilaman ki Photoshoga ilk qadamini bosayotgan foydalanuvchilar uchun bu foydali qo’llanma bo’ladi.













Bu darsni Photoshopdan umuman foydalanmaganlar uchun mazkur dastur bilan tanishtirish desak bo’ladi. Dasturning o’zbek tilidagisi hali yo’q bo’lgani uchun qurollarning nomlanishini o’zbekchaga qo’ldan kelgancha tarjima qilamiz. Qavsning ichida () qurollarning inglizcha nomlanishi yoziladi va katta qavslarda [] mazkur qurol uchun qisqa yo’l tugmasi yoziladi.





To’rtburchak tanlash (Rectangular Marquee Tool) [M]

Bu qurol tasvirning istalgan qismini to’rtburchak shaklda tanlashga xizmat qiladi. Mazkur quroldan foydalanib tasvirni tanlaganingizdan keyin tasvirdagi hamma o’zgarishlar faqatgina shu tanlangan maydonda sodir bo’lib qolgan qismda o’zgarish bo’lmaydi. Tanlayotgan paytda SHIFT tugmasini bosib turib tanlasangiz tanlangan shakl kvadrat bo’lishin ta’minlaysiz. Tanlayotganingizda ALT tugmasini bosib tanlasangiz to’rtburchak markazi kursorning boshlang’ich nuqtasi qilib belgilanadi.

Siljitish quroli (Move Tool) [V]

Nomidan ko’rinib turganidak bu qurol jimslarni siljitish uchun mo’ljallangan. Odatda bu qatlamlarni ish maydonida harakatlantirishda bizga qo’l keladi. SHIFT tugmasini bosih bilan harakat faqatgina gorizontal yoki vertikal bo’lishini ta’minlaydi.

Ko’p burchakli arqon (Poligon Lasso Tour) [L]

Bu qurolni istalgan shakldagi tanlashlarni qilish uchun ishlating. Tanlashni bekitish uchun yo boshlang’ich nuqtasiga keltirib bosing (boshlang’ich nuqtasida kursor o’zgarganini ko’rasiz) yoki sichqonchaning chap tugmasini ikki martta bosing. CTRL ni bosib tursangiz kursor o’zgarganini ko’rasiz, bu keyingi sichqonning tugmasini bosishingizda tanlashingiz yopilishini bildiradi.

Sehrli tayoqcha (Magic Wand Tool) [W]

Bu qurol ranglarni tanlashda foydalanladi. Unda rang yoki shaffoflikni tanlashingiz mumkin.  Bu qurol tanlangandan keyin ustki menyuda tanlash zichligini (tolerance) o’zgartirib tanlangan maydonning qanchalik detallarga e’tibor berishini o’zgartirishingiz mumkin.

Kesish quroli (Crop Tool) [C]

Bu qurol huddi yuqorida aytganimiz to’rtburchak tanlash quroliga o’xshab ishlaydi. Undan farq qiladigan tarafi tanlangandan so’ng ENTER tugmasini bosgandan keyin tanlangan maydondan tashqarisini kesib, faqat tanlangan joy qoladi.

Bo’laklash quroli (Slice Tool) [K]

Bu qurol asosan web-saytlar yasashda foydalaniladi. Bu quroldan foydalanish murakkab bo’lib, ushbu darsimiz boshlovchilar uchun bo’lgani uchun bunga ko’p to’xtalmaymiz.

Davolovchu moyqalam (Healing Brush Tool) [J]

Bu juda foydali qurol hisoblanadi. Bu ham biroz foydalanishi nisbatan murakkab quroldir. Eski rasmlardagi chiziqlar va yirtiqlarni to’g'irlash uchun mazkur qurol juda qo’l keladi. Bundan huddi Mo’yqalam quroliga (Brush Tool; quyida ta’riflangan) o’xshab foydalanamiz. Oldin mo’yqalam kattaligi tanlanadi, keyin esa ALT tugmasini ni bosib turgan holda tasvirning yaxshi/toza qismini tanlab olamiz. Bu chiziqni to’girlash uchun nusha bo’ladi. Keyin esa ALT ni qo’yib yuborib chiziqli yoki yirtiq bo’lgan joyga borib bo’yashni boshlaymiz. Qisqa qilib aytganda bu qurol toza joydagi tasvirning nushasini olib yirtiq/qirilgan joyga ko’chiradi. Oxirida dastur rasmdagi ma’lumot asosida qayta ishlab ko’chirilgan joiyni yumshatadi.

Mo’yqalam (Brush Tool) [B]

Bu eng asosiy qurol hisoblanadi. Mo’yqalamni tanlab istalgan kattalikda, istalgan rangda, haqiqiy mo’yqalamdan qanday foydalansangiz huddi shunday tarzda chizish mumkin.Bu qurolning imkoniyatlari juda katta. Bu haqida keyingi darslarda to’xtalib o’tamiz.

Klonlash quroli (Clone Stamp Tool) [S]

Bu qurol yuqoridagi "Davolovchi mo’yqalam” quroliga juda o’xshab ketadi. Klonlash qurolining funktsiyasi va ishlash printsipi Davolovchi qurol bilan bir hil, yagona farqi, oxirida dastur o’zgartirilgan joyni qayta ishlab yumshatmaydi. Faqatgina tanlangan joydagi tasvirni yangi joyga ko’chiradi/klonlaydi.

Tarix Mo’yqalami (History Brush Tool) [H]

Bu qurol Mo’yqalam quroliga o’xshab ketadi, faqat bunda chizayotganda tasvirning original holidagi ko’rinishga qaytaradi chizilgan joyni. Ust menyudan Window>History menyusini tanlasangiz, u yerda ochilgan oynachada tasvirni tahrir qilish tarixi chiqadi. IUstalgan bosqichni tanlab Tarix Mo’yqalam quroli orqali o’sha bosqichdagi tasvirni chiqadigan qilib sozlashingiz mumkin.

O’chirg’ich (Eraser Tool) [E]

Nomidan ko’rinib turganday bu qurol tasvirni o’chirish uchun mo’ljallangan.  Agar siz qatlamni tanlab o’chirsangiz o’chirilgan joy shaffof bo’ladi. Agar fon (background) ni o’chirsangiz, ikkinchi tanlangan rangga (quyida ta’riflangan) bo’yaydi.

Gradient (Gradient Tool) [G]

Bu qurol tasvirni asosiy va ikkinchi ranglarni bir-biriga quyilib o’tadigan shaklda to’ldirishga xizmat qiladi.

Hiralashtirish (Blur tool) [R]

Bu ham ko’p ishlatiladigan qurol. Bu qurol bilan tasvirni hiralashtirishimiz mumkin. Qancha ko’p bosib ishlatsangiz, tasvir shuncha hiralashadi.

Oydinlatish (Dodge Tool) [O]

Bu qurol tasvirning istalgan qismini oydinlashtirish, oqartirish uchun ishlatiladi.

Yo’lakchani tanlash quroli (Path Selection Tool) [A]

Yo’lakchalar bilan ishlayotganda bizga kerak bo’ladigan qurol. Yo’lakchalar haqida ma’lumot Pero quroli haqidagi bo’limda batafsli keltirilgan.

Yozuv quroli (Type Tool) [T]

Bu qurol tasvirga matn qo’shish uchun ishlatiladi.

Pero (Pen Tool) [P]

Yuqorida bu qurol haqida eslatib o’tgandik. Mazkur qurol yo’lakchalar yasash uchun ishlatiladi. Bu yo’lakchalarni turli maqsadlarda ishlatishimiz mumkin. Sahkllar chizish yoki tasvirning bir qismini tanlash uchun ishlatiladi.

To’rtburchak yasash quroli (Rectangle Tool) [U]

To’rtburchak chizish uchun ishlatiladi.

Qaydnoma quroli (Notes Tool) [N]

Tasvirning istalgan joyiga qaydnomalar yozib qo’yish uchun ishlatiladi. Bu bir faylni ko’pchilik bilan bo’lishganda yoki bir fayl ustida ko’pchilik ishlagan vaqtda qo’l keladi.

Rang tanlash quroli (Eyedropper Tool) [I]

Bu qurol asosiy rangni tanlash uchun ishlatiladi. Tasvirdagi istalgan joyga olib borib bossangiz o’sha joydagi rang sizning asosiy rangizngiz qilib belgilanadi. Agar ALT tugmasini posib tanlasangiz ikkinchi rangni o’zgartirgan bo’lasiz.

Qo’l quroli (Hand Tool) [T]

Butun tasvirni oyna bo’ylab siljitish uchun ishlatiladi. Agarda siz tasvirni juda yaqinlashtirib ishlayotgan bo’lsangiz tasvirning hammasi sizga ko’rinmaydi, ko’rinmaydigan joylarini ko’rish uchun bu quroldan foydalanamiz.

Yaqinlashtirish quroli (Zoom Tool) [Z]

Tasvirni yaqinlashtirish uchun ihslatiladi. ALT ni bosib ishlatsangiz tasvirni uzoqlashtiradi. Qurollar panelidan yaqinlashtirish quroliga ikki martta bossangiz 100% ko’rinishga qaytib keladi.

Ranglar paneli

Bu ishlatiladigan asosiy rang (ustdagi) va ikkinchi rang (orqada) panelidir. To’rtburchaklarni ustiga bosib ranglarni o’zgartirishimiz mumkin bo’ladi.

Albatta bu qurollarni yaxshi bilib olish uchun ular bilan ko’proq mashq qilish kerak. Bu yerda har bir qurol haqida yuzaki ma’lumot berib o’tdik. Keyingi darslarimizda bu qurollardan qanday foydalanish haqida chuqurroq to’xtalamiz.


Категория: Мои файлы | Добавил: JASUR
Просмотров: 1518 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 1.5/2
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Админ билан боғлан
jasik_088@bk.ru
MP3
Поиск
Copyright MyCorp © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz