N / Davlat nomi / O‘rtacha yosh
1. Andorra 83.49 2. Makao 81.87 3. San-Marino 81.43 4. Yaponiya 80.93 5. Singapur 80.42 6. Avstraliya 80.13 7. Gernsi (Brit.) 80.04 8. Shveytsariya 79.99 9. Shvetsiya 79.97 10. Gonkong 79.93 11. Kanada 79.83 12. Islandiya 79.8 13. Kaymanov o-ri 79.67 14. Italiya 79.4 15. Gibraltar (Brit.) 79.38
Reytinglar - Barcha reytinglar Aholining
o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichini aniqlash maqsadida g‘arb
mutaxassislari navbatdagi statistik-kuzatuv tadqiqotlarini olib
bordilar. Yig‘ilgan ma’lumotlar asosida tuzilgan reyting ma’lum mamlakat
aholisining o‘rtacha umr ko‘rish darajasini aniqlab beradi.
Bunday
tadqiqotlarni olib borishda tahlil bir yilda tug‘ilgan kishilar
doirasida olib boriladi. Aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasi
mamlakatdagi umumiy yashash sharoitini ham ko‘rsatib beradi. Ayrim
mutaxassislar uchun bunday ma’lumotlar biror mamlakatga inson omili
uchun kiritilgan sarmoyaning potentsial foydasi qay darajada bo‘lishi
mumkinligining ko‘rsatkichidir. To‘g‘ri, mazkur reytingda ayrim
mamlakatlardagi haqiqiy holat aks etmagan bo‘lishi mumkin. Masalan,
Iroqda. Negaki, bu mamlakatdagi AQSh va ittifoqchilarning harbiy
harakatlaridan so‘ng yuzaga kelgan demografik o‘zgarishlar inobatga
olinmagan. Biroq aksariyat davlatlar uchun mazkur reyting muhim bo‘lib
qolaveradi. Chunki dunyoning boshqa mintaqalarida demografik vaziyatni
o‘zgartirib yuborgan hech qanday global voqea kuzatilmadi.
«Biz eng ko‘p yashaymiz»…
Reyting
natijalari shuni ko‘rsatadiki, uzoq umr ko‘rish imkoniyati, xususan,
yuqori turmush darajasi Andorra aholisiga nasib etgan — mamlakat
fuqarosi o‘rtacha 83,5 yoshdan kam umr ko‘rmaydi. Makao va
San-Marinodagi ko‘rsatkichlar ham shunga yaqin–ular ro‘yxatning ikkinchi
va uchinchi o‘rnini egallagan. Ahamiyatlisi shundaki, faqatgina mana
shu uch davlatdagina o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 81 yoshdan oshadi.
Hatto birinchi beshlikni yakunlovchi Singapurda ham kishilar o‘rtacha
80,42 yosh umr ko‘radi. Vaholanki, bu mamlakatning ekologik
shart-sharoiti a’lo darajada.
Yevropa atigi 14-o‘rinda
Yevropa
Ittifoqi davlatlari orasida birinchi o‘rinni Shvetsiya egallagan.
Ittifoq tarkibidagi davlatlardan faqat Italiyagina unga yaqinroq
(14-o‘rin, 79,4 yosh). Birinchi yigirmatalikka ulardan tashqari
Frantsiya hamda Ispaniya kiritilgan–16 va 19-o‘rinlar (79,28 va 79,23
yosh).
Sharqiy Yevropada esa bu borada Sloveniya yetakchilik
qilmoqda — 64-o‘rin va 75,5 yosh. 69-o‘rinda Chexiya, 71-o‘rinda
Makedoniya, 72-o‘rinda Slovakiya, 75-o‘rinda Xorvatiya, 79-o‘rinda
Serbiya va Chernogoriya, 80-o‘rinda Polsha (73,91 yosh).
Urushlar ko‘p bo‘lgani bilan…...
21-o‘rinda
Isroil. Bu mamlakatda tug‘ilganlar Yaqin Sharqdagi isroil-falastin
kelishmovliklariga qaramay 79 yoshdan ortiq umr ko‘rish imkoniyatiga
ega. Qizig‘i shundaki, Isroilga shundoqqina qo‘shni bo‘lgan Falastin
hududlarida ko‘rsatkichlar ancha past. Ro‘yxatning 88-o‘rnida turgan
mamlakatda aholining o‘rtacha yoshi 72,68 yoshni tashkil etadi.
O‘layotganlar tug‘ilayotganlardan ko‘p
O‘rtacha
umr ko‘rish darajasining eng past ko‘rsatkichlari Afrika mamlakatlariga
tegishli. Mazkur davlatlarda aholi zichligi, ekologik sharoitning
og‘irligi, fuqarolar urushi va kasalliklar tufayli o‘lim darajasi juda
yuqori. Reyting natijalari ham buni tasdiqlaydi. Ro‘yxatning oxirgi
to‘rtta o‘ntaligini aksariyat Afrika mamlakatlari egallagan. Mozambik
ushbu ro‘yxatni yakunlovchi davlatdir. Bu yerda aholining o‘rtacha umr
ko‘rish darajasi atigi 31,3 yosh.
|