|
QABRIMIZ QARIGA YIG'YAPMIZ
| 17.05.2011, 09:27 |
Birodar qo'y endi g'iybat na kerak, Ma'nisiz mavzuda suxbat na kerak. BOBUR bobom aytgan sengayu menga, Bizni izlab kelar g'urbat na kerak. O'zgalar qulog'in qizitish bilan, Qabrimiz qariga yeg'yapmiz ilon. Nahot sovg'a qilar olovli gilam, Umrimiz o'g'irlar ulfat na kerak. Xatoni takrorlash eng katta xato, Buni o'rgatmushdir ul ODAM ATO. O'n besh daqiqalik bo'lsa ham xatto, Suxbatdan hosil ol kulfat na kerak. Afsusda yashar kim? bul uyga kelgan, Aqlli zotlar o'z dardini yegan. Olovga kirishga tayyorman degan, Imzomiz chekilga tilxat na kerak. Solihlardan so'ylay kel undan ko'ra, Bilmasang so'zlayin uyalmay so'ra. Hech bo'lmasa yodla bir kichik sura, Foyda bermas ruxga shavqat na kerak. Qo'y endi usha ham gunoxkor banda, Ul qilar gunoxlari ko'proqdir sanda. Sandan ham ko'proqdir extimol manda, Shul boyiz ko'payar daxshat na kerak. Birodar qo'y endi g'iybat na kerak, Ma'nisiz mavzuda suxbat na kerak.
|
Категория: Мои файлы | Добавил: JASUR
|
Просмотров: 564 | Загрузок: 0
| Рейтинг: 0.0/0 |
|
|
Админ билан боғлан |
jasik_088@bk.ru |
|