|
Ялонғоч аеллардан қурқинг!!!
| 17.05.2011, 09:38 |
Ayollarning
yalang'och badanini ko'p tomosha qilish (rasmda, videoda, hayotda)
odatda saraton kasalligi bilan tugaydi (erkaklarda). Bugungi kunning eng
qudratli ommaviy qirg'in quroli nima, bilasizmi? Striptizchi qizlar!
Ma'lum bo'lishicha, ayollarning yalang'och badanini ko'p tomosha qilish
erkaklarda prostata bezi saraton kasalligini keltirib chiqarar ekan.
Demak, sivilizatsiyalashgan insoniyat qandaydir yadro bombasi yoki
tabiiy resurslarning yetishmasligidan emas, balki yalang'och
hotinlarning ko'payib ketganligidan halok bo'layotgan ekan. Oqibatda
sayyoramizda faqat musulmonlar qolsa kerak! Bu alaqsirash yoki
futuristik romanning qisqacha mazmuni emas. Bunday apokalipsis
yaqinlashib kelayotganligi chakana odam emas, balki mashhur shifokor,
birinchi sovet kosmonavtlarini parvozga tayyorlagan, «Stressning ruhiy
antropologiyasi» deb nomlangan monmumental tadqiqot muallifi, akademik
Leonid Kitaev Smik aytmoqda. Eng qizig'i, dinga mutlaqo aloqasi
bo'lmagan dunyoviy olimning hulosalari jinsiy zrkinlikni taqiqlovchi
samoviy diynlarning hukmlari bilan bir hil bo'lib chiqmoqda. Akademik
ushbu ilmiy haqiqatni «Rossiya hayot uchun» deb nomlangan elektron
nashrga bergan intervyusida ma'lum qilgan. So'nggi o'n yilliklar
davomida adenoma (bezarar o'sma) va prostata raki bilan kasallanish
yevropacha, amerikacha sivilizatsiya hukm surgan mamlakatlardagi
erkaklarni epidemiya kabi qamrab oldi. Asrimizning boshiga kelib,
erkaklarning 40 foizida adenoma uchragan bo'lsa, 40 yoshdan
oshganlarning yarmi bu kasallikka chalingan. AQShlik patologoanatomlar
60 yoshdan oshib vafot etgan erkaklarning 80 foizida prostata raki
bo'lganligini aniqladilar. Boshqacha qilib aytganda, ularning
ko'pchiligi bu kasallikning fojiali, azobli oqibatlarini ko'rib ulgurmay
o'lib ketishgan. Biroq, jumboqni qarangki, musulmon mamlakatlarda
erkaklar onkologiyasida bunday ko'rsatkich yo'q! Nega ahir g'arb
mamlakatlarida tibbiyot kuchliroq rivojlangan, ularda turmush
farovonligi ham yuqoriroq-ku?! Men shunday hulosaga keldim.
«Iste'molchilik jamiyati» hukm surayotgan mamlakatlarda so'nggi o'n
yilliklar davomida ayollarning qaddi-qomatini, jismoniy go'zalligini –
ilmiy til bilan aytganda, ikkilamchi jinsiy belgilarini bo'rttirib
turuvchi yoki ochiq ko'rsatib turuvchi kiyimlar urf bo'ldi. Ayollarning
qorniyu kindigini ochib yurishi oddiy holga aylanib qoldi.
Streych-djinsilaru yoqavayron dekoltelarni ko'rgan erkaklarning ko'zi
olma-kesak teradi … Bularning bari jinsiy ehtirosni uyg'otuvchi seksual
signallar hisoblanadi. Shaharda yashovchi erkak bunday signallarni
kuniga o'rtacha 100-200 marta qabul qiladi, bundan hosil bo'lgan ehtiros
esa qondirilmagach, miyaga siqib chiqariladi. Erkak buni ko'rib,
ko'rmaganlikka olishi ham mumkin, biroq qonga androgenlar to'la miqdorda
ajralib chiqadi. Ammo rng muhim gap mana shu yerda rkan! Androgenlar
qonga katta (onkologik jihatdan bezarar) hajmda emas, balki o'rtacha
dozada ajralib chiqadi, bu doza esa kantserogen (saraton kasalligini
keltirib chiqaruvchi) miqdordir! Natijada tez-tez qo'zg'alib turgan,
lekin nafsi qondirilmagan erkak organizmi ichdan yemiruvchi kantserogen
hujumga uchraydi, bu esa ohir oqibatlarga olib keladi. Kechirasiz, lekin
sizningcha har bir qo'zg'alish jimo' bilan qondirilishi kerak
bo'ladimi? Ha, tabiatning qonuni shunday. Erkak va ayol o'rtasidagi
yaqinlik – nasl qoldirish vositasi bo'lib, u har qanday holatda ham
organizm uchun foydalidir. Darvoqe, shuning uchun ham diyn nikohni va
er- hotin o'rtasidagi yaqinlikni rag'batlantiradi. Bu hodisaning
fiziologiyasini lo'nda qilib tushuntirish uchun hayvonlar hayotidan
misol keltiraman. Urg'ochi hayvon instinkt asosida eng yahshi erkak
hayvonni, yashovchan nasl qoldira oladigan erkakni qidiradi, bunday
talabga javob bermaydiganlarini esa o'zidan nari haydaydi. Biroq ana shu
haydalgan, qo'shilishdan mahrum qilingan erkak hayvonlardagi jinsiy
qo'zg'alish saqlanib qoladi … u qondirilmaydi, balki majburan
so'ndiriladi … Ularning qonidagi androgenlar tarkibi esa o'rtacha
miqdorligicha, ya'ni onkologik jihatdan havfli miqdorda saqlanib
qolaveradi. Vaqt o'tishi bilan ularning mijozi susayadi, so'ng bu narsa
rakka aylanadi. Shu tariqa zaif, «talabga javob bermaydigan» erkaklar
brak qilinib, «tabiiy tanlanish» natijasida yo'qolib ketaveradi. Fanda
esa huddi shunday jarayonlar odamlarda ham yuz berishi haqidagi
ma'lumotlar to'planib qoldi. Shuning uchun jinsiy ehtirosni
qo'zg'atuvchi ayollik ziyonatlarining ko'z- ko'z qilinishi, bo'rttirib
ko'rsatilishini «seksual stress»ni hosil qilish deb qarash kerak. Bunday
stress oqibatida murakkab «seksual tiyilish» kompleksi ishga tushib, bu
kompleks impotentsiya (mijoz sustligi) va hatto saraton kasalligi bilan
tugaydi. G'arbning boy va rivojlangan halqlari nima uchun qirilib
ketayotganligining sababi shundami? Ha, albatta, bu eng muhim
mehanizmlardan biri. Men shunday hulosaga keldim va uni hammaga
yetkazishga harakat qilaman: ayollarni yechintiruvchi moda evropa
elatlarini halokat sari yetaklamoqda. Ularning o'rnida esa dunyoda
ayollarining iffati va avratini himoya qila olgan va shu yo'l bilan
erkaklarini ehtiyot qiluvchi halqlar qoladi. Bu birinchi navbatda Islom
halqlari bo'ladi. Biroq, butun Afrika, Osiyo va Janubiy Amerika aholisi-
chi? Ular umuman yalang'och yurishadi-ku. U yerda iqlim issiq. Ularning
holi nima bo'ladi? Savolingizga savol bilan javob beraman: bunday
halqlar uzoq umr ko'ryaptimi? Butun halqni olganda ham, alohida
kishilarni olganda ham, natija bir hil. Ularning madaniyati,
tsivilizatsiyasi qanday holatda? Bir narsani to'g'ri tushuningki,
yalang'och badan urf bo'lgan qadimiy yunon va rimliklarni aynan shu
narsa halok qilgan. qani ular hozir? Dunyo haritasidan yo'qolib
ketishdi-ku! Ular g'arbiy harakatlar natijasida qirilib ketmadi, ular
ichdan yemirildilar. Injilda va Qur'onda Lut qavmi haqida aytilgan
gaplar – ko'psonli misollardan biridir. Ular o'z-o'zini yemirish
yo'lidan bordilar, tabiatning qonunlarini buzdilar, uning tabiiy
mehanizmlarini barbod qildilar (darvoqe, «sodomizm», gomoseksualizm –
gedonizmning, ehtiroslar hukmronligining uchchiga chiqqan ko'rinishi
bo'lib, yarim yalang'och kiyinishning oqibatlaridan biridir). Ikkinchi
tomondan, o'z ajdodlarining an'anaviy qadriyatlariga rioya qilib
kelayotgan halqlar hamon barhayotdirlar. Bu musulmon halqlardir.
Darvoqe, bugungi slavyanlarning ajdodlari ham musulmon bo'lishgan.
Rossiyadagi barcha halqlarning XIX asrdagi ayollar libosiga bir qarang:
ayollarimizning kiyimi tanani keng, uzun etakli ko'ylaklar, sarafanlar
bilan yashirib turgan, ularning qaddi-qomatlariga hech qayerda yopishib
turmagan, ko'kraklarni esa mutlaqo bilintirmay turgan. Bu yorqin,
bayramona, rang- barang (ko'pincha ko'proq qizil rangda) bo'lgan, biroq
bunday libos ayolni bezatgani holda, erkaklarni o'ziga jalb qilib turgan
… lekin erotik qo'zg'atuvlarsiz bo'lgan. Qadimiy rus freskalarini,
ikonalar, qo'lyozlarni ko'ring, o'tgan asr honimlarining, rus dehqon
ayollarining suratlariga qarang – ayollar libosi naqadar chiroyli,
iffatli bo'lgan! XXI asrning ko'pchilik ayollari esa o'zining yalang'och
oyoqlari va ochiq yoqalari bilan tom ma'noda erkaklar salomatligiga
qabr kavlamoqda. Hilvat uchrashuvga yupun otlanayotgan har bir «go'zal»
birgina kishining ko'nglini olishi mumkin, biroq yo'lda uchragan o'n
kishini nogiron qiladi. Striptizchi qizlarni esa g'arb sivilizatsiyasini
jismonan nosog'lom erkaklar jamiyatiga aylantirib ulgurgan «ommaviy
qirg'in quroli» deb bemalol aytish mumkin. Ho'sh, bu vaziyatdan chiqish
yo'li bormi? Qiyin joyi shuki, Rossiya – o'nlab turli millat va
diynlarning vakillari yashayotgan ulkan mamlakatdir. Qadimiy yunonlarga
o'hshab qirilib ketmaslik uchun hamma birlashib biror ish qilishi
mumkinmi? Bu juda oson. Modaga ta'sir qilish mehanizmlari bor-ku.
Go'zallik va Nufuzlilik ifodasi sifatida, hususan, ommaviy ahborot
vositalari orqali modaga ta'sir ko'rsatish kerak. «Modani biroz orqaga,
halqlarimizning an'anaviy liboslari tomon qaytaramiz!» degan aniq signal
berish kerak – qarabsizki, olam guliston! Yana qaytaraman: libos
madaniyati diyniy an'analarga rioya qilgan barcha halqlarda bo'lgan.
Ming yil orqaga, «oltin asrlar»ga qaytishga chaqirish kerak emas,
go'zallik va salomatlikning optimal nisbatini tiklasak, libosning asl
maqsad- mohiyatini to'g'ri tushunsak bo'ldi. Sizni ishontirib aytamanki,
o'shanda hatto butun dunyoni kiyintirayotgan hitoyliklar ham, bizning
buyurtmamiz bo'yicha «g'arb modasi»ni emas, biz so'ragan narsani
yetkazib bera boshlaydi. YIGITLAR
OGOH BO'LING! Internetdagi behayo narsalarni, hayotda kiyimsiz ayollar
badanini ko'p ko'rishdan o'zingizni tiying. O'z o'zingizga qabr
qazimang. YIGITLAR, bu ishlar yoshlikda juda yoqimli lekin kelasi
hayotingizni ham o'ylang. Bu yozgan maqolamizga shunchaki befarq
bo'lmang! OGOH BO'LING, OGOH!!!
|
Категория: Мои файлы | Добавил: JASUR
|
Просмотров: 8330 | Загрузок: 0
| Комментарии: 1
| Рейтинг: 3.0/31 |
|
|
Админ билан боғлан |
jasik_088@bk.ru |
|