Суббота, 20.04.2024
www.jasur-medical.ucoz.com...





Бош меню
узим хакимда
Мои файлы [142]
Главная » Файлы » Мои файлы

Оеқ тавони нимага ерилади
17.05.2011, 09:47

Oyoq tovoni nega yoriladi?
Chiroyli qo'llar singari chiroyli
oyoq ham juda kurkam ko'rinadi.
Biroq ko'p kishilar oyoqlariga
e'tibor bermaydi. Parvarish
qilinmagan oyoq jussani
xunuklashtiradi va umumiy
sog'likka salbiy ta'sir etadi.
Oyoqlarga, xususan, tovonlarga
doimo gavda og'irligi tushib
turganidan ular zo'riqadi. Zo'r
kelishi natijasida oyoq
mushaklari, bo'g'inlari, qon
tomirlari, tovon va terisiga
shikast yetadi.
Mushak paylarining tug'ma
zaifligi (nasldan-naslga o'tadi)
natijasida oyoqlarda turli
o'zgarishlar sodir bo'ladi.
Poyabzal ham oyoqqa juda ta'sir
etishi isbotlangan. Tovonning
normal shakli buzilmasin,
o'zgarmasin, yorilmasin,
barmoqlar qiyshaymasin,
desangiz, poyabzalning qulayini
va oyog'ingizga loyig'ini tanlash
muhim ahamiyatga eta. Ba'zi
odamlarning tovoni yorilib, terisi
quruqlashib ketadi. Tovon
yorilishi kasalligi garchi inson
hayotiga xavfli bo'lmasa-da,
sog'likka zarar beradi. Natijada
yurish-turish qiyinlashadi.
Ayniqsa, jismoniy ish qilinganda
qattiq og'riq paydo bo'lib,
kechasi achishib, goho lo'qillab
og'riydi, isitma chiqishi va kecha
bedor o'tishi mumkin.
Bolalardagi tovon jarohati ularni
injiq qiladi, yig'iga sabab bo'ladi.
Vazni og'ir odamlar uchun bu
kasallik anchagina tashvish va
bezovtalik tug'diradi. Tovon
yorilishining sabablari har xil
bo'ladi:
1. Tovonni uzoq yuvmay yurish
tufayli qora kirlar ko'payadi.
2. Tovonning haddan tashqari
qurib ketishi oqibati-da mayda
qon tomirlarining faoliyati
buziladi. Ularda qon oqish
jarayoni qisman to'xtab qoladi.
3. Doimo suvda, zaxda bo'lish
ham bitta sabablardan.
4. Tovonning qattiq shamollashi
ham zararlidir.
5. Sakrash natijasida tovon
zarbga bardosh bera olmay,
yorilishi mumkin.
6. Organizmda vitaminlar, har xil
hayotbaxsh mineral tuzlar va
modda elementlari kamayib,
immunitetning pasayib ketishi
ham sababchidir.
7. Asabiy-ruhiy holat va
kechinmalarda bunga ta'sir
ko'rsatadi.
Tovonim yorilmasin,
desangiz...
1. Uni doimo iliq suvda yuvib
turish kerak.
2. Tovon quriy boshlagach, tezda
oldini olib, davolash choralarini
ko'rish lozim.
3. O'z tovoningizdan ham tez-tez
"xabar" olib turing.
4. Shaxsiy gigiyena qoidalariga
rioya qiling, chunki tozalik,
pokizalik-salomatlik garovi.
Tovon yorilishini davolash
ayrim choralari:
1. Tovonni iliq suvda sovunlab
yuvib, quritib, eritilgan qora
qo'chqor yog'i surkash lozim.
Yog'ni surkab ustiga bir parcha
sellofan yopib, paypoq kiyib
yotish kerak. Bu amal tovon
mutlaq tuzalib ketguncha har
kuni yotish oldidan (kechasi)
bajarilishi darkor.
2. Aloe bargining ichidagi
shillig'ini yorilgan tovonga
chaplab bog'lab olish ham
davodir.
3. Bargizubning bargini yuvib,
yuvilgan quruq tovonga qoplab
paypoq kiyib yotish tavsiya
etiladi.
4. Oddiy dog' qilingan paxta
yog'ini yoki qo'y (echki)
yog'innng bir parchasini qizdirib,
yorilgan joyga surkab yotsa
ham, yordam beradi.
5. O'rik yoki shaftolining mag'izi
yog'ini xasta tovonga surkash
ham koni foyda.
6. Tog'oradagi issiq suvga
(35-36 darajada) ichimlik sodasi
(1 litrga 1 osh qoshiq) yoki
moychechak (romashka) guli
damlamasi (1 litrga 3 osh
qoshiq) qo'shib yuborib, shu
suvga oyoqlaringizni solib
o'tiring (10-15 daqiqa). Agar
tovoningiz terisida shilingan
joylar ham bo'lsa, suvga
oshlovchi va
mikrobsizlantiruvchi moddalar -
kalendula (tirnoqgul) damlamasi
(1 litrga 1 osh qoshiq) yoki
qichitqi o't (krapiva) (1 litrga 2
osh qoshiq) solasiz. Yoki kaliy
permanganati
(margantsovka)ning nimtatir
eritmasidan foydalaning. 20-30
daqiqadan so'ng oyoqni
quritguncha artasiz va vazelin
yoki glitserin surasiz. Qo'lingiz
kafti bilan oyoq barmoqlaridan
tovonga tomon ohista silang,
tovondagi qon aylanishi
yaxshilanadi.
Категория: Мои файлы | Добавил: JASUR
Просмотров: 9656 | Загрузок: 0 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1.9/25
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Админ билан боғлан
jasik_088@bk.ru
MP3
Поиск
Copyright MyCorp © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz