Пятница, 29.03.2024
www.jasur-medical.ucoz.com...





Бош меню
узим хакимда
Мои файлы [142]
Главная » Файлы » Мои файлы

Помидор туғрисида
17.05.2011, 09:51

Pomidorning asl vatani Meksika bol`ib, keyinchalik Peru, Chilida ham yetishtira boshlangan. Hindular orasida mazasi, shakli, rang tusiga qarab "tomat"  nomi bilan mashxur bo`lgan bu mevaga keyinroq sayyohlar qiziqib qolib, o`z vatanlariga olib ketishgan va urug`idan ko`paytirib, dastlab honadonlarda, hovlilarda hushmanzara gul sifatida tuvaklarda o`stirib, parvarish qilishgan.
   Odatda aksariyat chiroyli o`simliklar zaharli bo`lishadi, shu bois odamlar pomidorni ham zaharli deb o`ylab, asrlar davomida ta'mini tatib ko`rishga ham qo`rqishgan.
   XVI asrda Evropa mamlakatlarida pomidor mazasini ta'tib ko`rib, ilk ijobiy bahoni bergan italiyalik biolog olimlar, bu ajoyib mevaga "pomidor" - "oltin olma" nomini berishdi. Aynan ular bu mevani qalampir, piyoz, sarimsoq, yeyishni udum qilish bilan birga turli taomlarga qo`shimcha sifatida istemol qilishni yo`lga qo`yishgan.
O`rta Osiyoga esa ilk bor pomidor o`z davrining yirik ishbilarmonlari Afzalxo`jaboy, Muhammadsiddiqboy va Saidazimboylar tomonida olib kelingan. Ular xorijga chiqqanlarida pomidor, baqlajon, bulg`or qalampiri kabi maxsulotlarning ta'mini ko`rib, ulardan tayyorlangan taomlarni tanovul qilgach, XIX asr boshlarida yurtimizga keltirishgan. Keyinchalik bu maxsulotlar yurtimizga keng miqyosda yetishtiriladigan bo`ldi. O`zbek seleksionerlari bu borada katta izlanishlar olib borib, pomidorning kasalikka chidamli, serhosil, horijga eksport qilishga mo`ljallanga navlari yetishtirdilar. Ayniqsa "Mayoq", "To`ng`ich", "Mo`jiza0670", "Sovg`a", "Yusupov" kabi pomidor navlari tezpishar, mazali, sergo`sht, sersharbat ekani bilan haridorgirdir.
Olimlarning ilmiy tekshirishlariga ko`ra, pomidorning tarkibida miya faoliyatini yaxshilovchi - yod, fosfor, qon tomirlari devorlarini mustaxkamlovchi, insult, infarktning oldini oluvchi - PP, immunitetni ko`taruvchi, kasallik oldini oluvchi - C vitamini yurakka madad beruvchi - kaliy, suyak to`qimalarini mustaxkamlovchi - kalsiy, ishtaxani ochuvchi - B6 vitaminlari bor. Shuningdek, bu ajoyib meva tarkibidaorganik kislotalar, limon kislotasi, temir tuzlari, mikroelementlardan - titan, xrom, stronsiy, melibdonlar borki, ular semizlarni ozdirish, jigar, buyrak kasalliklarini davolovchi hususiyatlarga ega. Ammo bod kasaligi bilan og`riganlarga pomidor istemol qilish tavsiya etilmaydi.
Категория: Мои файлы | Добавил: JASUR
Просмотров: 4943 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 2.2/33
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Админ билан боғлан
jasik_088@bk.ru
MP3
Поиск
Copyright MyCorp © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz