Суббота, 27.04.2024
www.jasur-medical.ucoz.com...





Бош меню
узим хакимда
Мои файлы [142]
Главная » Файлы » Мои файлы

Бу факт
17.05.2011, 12:18

Ayollarning bir o‘rim sochi 200 ming toladan iborat bo‘lib, 20 tonnagacha yukni ko‘tara oladi...
· Yevropaning eng ko‘p shamol esadigan joyi Shotlandiya hisoblanadi. U yerdagi shamollar butun Yevropa shamol energiyasining 25 foizini beradi.

· AQShning Arizona shtatida kaktusni yerdan sug‘urib olganlar 25 yilga ozodlikdan mahrum etiladi. Tuya ovlaganlar esa katta miqdorda jarimaga tortiladi.

· Dunyodagi eng ko‘p ko‘prik Sankt-Peterburgda. Ularning umumiy miqdori 539 tani tashkil etadi.

· Pluton sayyorasi Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishi uchun 247 yil kerak.

· Yer yuzida eng keng tarqalgan mineral kvartsdir.

· Dengiz suvi tarkibida oltin juda oz miqdorda uchraydi. Dunyo miqyosida suvda 10 milliard tonna oltin mavjud.

· Har yili qishda Yerning shimoliy yarim shari qor va muzlar to‘planishi evaziga 10 trillion tonnaga og‘irlashadi.

· Suyanchiqli stullar bundan 400 yil muqaddam ixtiro qilingan.

· Inson yiliga 84 million marta ko‘zini ochib-yumadi.

· Qorong‘ulikda bir daqiqa tursangiz, ko‘zingizning sezuvchanligi 10 marta oshadi. 20 daqiqadan keyin esa bu miqdor 6 ming martaga yetadi.

· Chumolilar o‘z inini isitish uchun tanalaridan foydalanadi. Ular quyoshda isinib olgach, darhol inlariga yuguradi. Shuning uchun chumolilar inidagi harorat tashqi olamdan 10 daraja yuqori bo‘ladi.

· Fil bir daqiqada 10 marta nafas oladi, sichqonlar esa 200 marta.

· Hamma qushlar pastki jag‘i bilan harakat qilsa, boyo‘g‘li yuqori jag‘ini qimirlatadi.

· Janubiy Afrika Respublikasida dunyo oltinining uchdan ikki qismi kavlab olinadi.

· Butun yer yuzida 10 foiz erkak va 8 foiz ayol chapaqay.

· Italiyada eng keng tarqalgan ism - Mario Rossi.

· Xitoyda 90 milliondan ortiq kishi Li familiyasiga ega.

· Mushukning old oyoqlari istalgan tomonga qayrilishi mumkin.

· 100 gramm asal yig‘ish uchun asalari 46 ming km. masofani uchib o‘tadi. Bu butun Yer sharini ekvator bo‘ylab kezib chiqish bilan barobar.

· Boyo‘g‘li boshini vertikal bo‘ylab 270 daraja, gorizontaliga esa 180 darajagacha bura oladi.

· Qush iniga inson qo‘li tekkach, ular uchib ketishadi va hech qachon bu go‘shasiga qaytib kelishmaydi.

· Urg‘ochi sher sutkasiga 20 soat uxlaydi. Qolgan vaqt ichida esa ov qiladi va ovqat yeydi.

· Akulada qo‘shimcha oshqozon xaltasi mavjud bo‘lib, undagi ovqat 20 kungacha aynimaydi.

· Qurbaqa butun umri davomida uch tonna chivinni yeb bitiradi.

· Dunyodagi eng "o‘lik” ko‘l Sitsiliyadagi ko‘l bo‘lib, uning ostidan ikkita kislotali buloq otilib turadi.

· Titikaka ko‘li eng balandda joylashgan ko‘ldir. U Janubiy Amerikadagi And tog‘ida, 3812 metr balandlikda joylashgan.

· Uylarni raqamlash ilk marta XVIII asrda Londonla paydo bo‘lgan. Ungacha xonadon egasining nomi bilan aniqlanardi.

· Quyoshning pochta markasi hajmida keladigan qismi 1,5 million lampochka quvvatichadek yorug‘lik bera oladi.

· Dunyodagi eng katta quduq Iordaniyaning Muheyba hududida joylashgan. Bu quduq soatiga 9 ming kubometr suv beradi.

· Sahroi Kabir cho‘llarida yiliga 160 ming sarob kuzatiladi. Ular chalg‘ituvchi va muqim, vertikal va gorizontal bo‘ladi.

· Eng katta orol Grenlandiya orolidir. Uning maydoni 21.756.000 kvadrat km.ni tashkil etadi.

· Indoneziya arxipelagi rivojlanish jarayonida deb hisoblanadi. Chunki bu yerda orollar o‘z-o‘zidan dengizda yo‘qolib, ikkinchisi paydo bo‘laveradi.

· Ignaning ko‘zichalik teshikdan sutkasiga 840 litr suv oqishi mumkin.

· Hojatxona qog‘ozi 1857 yil kashf etilgan.

· Odam suyaklarining to‘rtdan bir foizi oyoq qismida joylashgan.

· Ayollarning bir o‘rim sochi 200 ming toladan iborat bo‘lib, 20 tonnagacha yukni ko‘tara oladi.

· Inson miyasi 20 milliard nerv hujayralaridan iborat va kuniga 96 million bit axborotni eslab qolishi qobiliyatiga ega.

· Dunyodagi birinchi dorixona 1000 yilda Bag‘dodda ochilgan.

· Butun yer yuzidagi dengiz va daryolarda har yili 30 million tonna baliq · Senbernar itlarning eng og‘ir zoti hisoblanadi. Yaxshi boqilgan itning vazni besh yoshida 140,6 kg. bo‘lgan.

· Chumolilar o‘limi yaqinlashganini sezgach, o‘z inini tashlab chiqib ketadi.

· Mushuk boshi sig‘adigan istalgan teshikdan o‘tib ketishga qodir.

· Eman daraxti ming yilgacha yashaydi. Umrining 80 yilida yuqoriga, keyin butun umri davomida yoniga qarab o‘sadi.

· Inson umri davomida 100 ming km. piyoda yuradi.

· AQShda taxminan 2.383.000 nafar Smit familiyali kishi bor.

· Bitta qalam bilan 64.820 metr uzunlikdagi chiziq chizish yoki 50.000 ta so‘z yozish mumkin.

· Islandiya olimlari Nobel mukofotini eng ko‘p olishgan. Bu davlatda har bir million fuqaroga uchta Nobel mukofoti to‘g‘ri keladi.

· Xitoyda tuxum tiriklik ramzidir. Agar oilada farzand tug‘ilsa, xitoyliklar tuxumni qizil rangga bo‘yaydilar. Bu rang ularda baxt ramzi hisoblanadi. Qizil rangli tuxum esa bola kelajakda baxtli bo‘lishiga ishoradir.
Категория: Мои файлы | Добавил: JASUR
Просмотров: 1205 | Загрузок: 0 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Админ билан боғлан
jasik_088@bk.ru
MP3
Поиск
Copyright MyCorp © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz