Четверг, 25.04.2024
www.jasur-medical.ucoz.com...





Бош меню
узим хакимда
Мои файлы [142]
Главная » Файлы » Мои файлы

Jondan to'yganingda o'zingni o'sha arqonga osgin...
17.05.2011, 13:03

Jondan to'yganingda o'zingni o'sha arqonga osgin....

Aytishlaricha bir badavlat kishining Yakkayu yagona o'g'li bo'lib, U juda xam isrofchi va bexuda sarflovchi ekan. shunda otasi bir baytni aytar ekan.

Davlat o'yin uchun emas jaxonda,
O'zni saqlash uchun doim Omonda.
Ota o'z o'g'lining noqobil ekanini bilgani uchun oldindan chora ko'rib, o'lar paytida debdi:
-Ey o'g'lim Men o'lganimdan keyin boyliklarimning bari senga qoladi, ishonchim komilki sen ularning barini bexudaga sarflab bitirasan qo'lingda xech narsa qolmay, ochlik va nochorlik bilan oxiri o'limingga rozi bo'lasan.Men narigi uyning burchagidagi tomning shipiga arqon bog'lab qo'yganman. Jondan to'yganingda o'zingni o'sha arqonga osgin!!!
Ota shu gaplarni aytib jon berdi. Noqobil farzand ko'p o'tmay xamma pulni sarflab tugatibdi. oxiri gadoylik qilishdan or qilib, o'zini osib o'ldirishga qaror qilibdi. otasi tayinlab ketgan uyga kirib, arqonning uchini bo'yniga solib o'zini osibdi. Tom to'sini uni ko'tarolmay sinib ketibdi. Shu on tuproq aralash otasi ataylab o'g'li uchun berkitib ketgan boyliklar yerga tushdi. Mexnat bilan topiladigan boylik qadrini tushunib yetgan o'g'il endi pulni o'ylab ishlatadigan, xayrli yo'llarga sarflaydigan bo'ldi.Otasi xotirasi uchun xalqni xushnud qilishga va saxovat nuridan baxramand qilishga kirishdi.
Категория: Мои файлы | Добавил: JASUR
Просмотров: 492 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Админ билан боғлан
jasik_088@bk.ru
MP3
Поиск
Copyright MyCorp © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz