Четверг, 28.03.2024
www.jasur-medical.ucoz.com...





Бош меню
узим хакимда
Мои файлы [142]
Главная » Файлы » Мои файлы

Ошхонага мархамат
21.05.2011, 08:05

Ush bu shirinlik Sovet Ittifoqi davrida eng mashxur tortlardan hisoblanib, uni retsepti 1978-yilda Moskva shaxrida _Praga_ restorani usta-qandolatchisi V.M. Guralnik tarafidan ixtiro qilingan. O`zbekistonda o`sha o`sha davrda bu tortni _Zarafshon_ restorani qandolatchilik sehidan navbatga turib xarid qilsa bo`lar edi. Tort bskivt va uni ustiga qo`yilgan oppoq va mayin sufledan iborat. Sufle ustiga shokoland qo`yib bezatiladi.
MASALLIQLAR

1)XAMIR
-80 gr shakar
-80 gr saryog`
-2ta tuxum
-120 gr un
-0,5 choy qoshiq razrixritel
-vanilin

2)SUFLE
-450 gr shakar
-270 ml suv
-1 choy qo`shiq agar-agar
-200 gr saryog`
-100 rg quyultirilgan sut (zgushenka)
-3 ta tuxum oqi
-pichoq ustida limon kislotasi

3)SHOKOLODLI GLAZUR
-100 gr qora shokoland
-100 ml qaymoq

TAYYORLANISHI
BSKIVIT

1. saryog` bilan shakarni idishga solib...

2. ko`pirtirib olamiz

3. tuxumni solib yaxshilab aralashtirishda davom etamiz

4.un. razrixlitel,va vanilinni aralashtirib turub uni ham tuxumli aralashmaga solamiz

5.qog`ozga qolipni qo`yib aylana chizib olamiz

6. aylana ichiga hamirni solib 180 c darajagacha qizdirilgan duxovkada 10 daqiqa atrofida pishirib olamiz

7. qolipni chetini pishiriq qog`ozi yoki maxsus telofan bilan o`rab chiqamiz va ichiga biskvitni solamiz

2) SUFLE

1. saryog` va quyultirilgan sutni idishga solib ...

2. yaxshilab aralashtirib olamiz

3. alohida idishda qiyomni tayyorlashni boshlaymiz
buning uchun shakar, suv va agar-agar ni yaxshilab aralashtirib olib olovga qo`yamiz
qiyomni 20 daqiqa past olovda aralashitirib turib qaynatiladi

4. qiyom qaynayotgan vaqtda alohida idishga tuxum oqiga limon kislotasini qo`shib ko`pirtishni boshlaymiz
tuxum oqi yaxshilab ko`pirgach tayyor qiyomni ingichka qilib uning ustidan quyamiz. shunda tuxum oqini to`xtatmasdan aralashtirib turish kerak.
MUHIM:
qiyom 10 daqiqagacha qaynab chiqqach tuximni oqini kopirtishni boshlasangiz ikkovi ham bir vaqtning o`zida tayyor bo`ladi
5. qiyom solib bo`lgach yana 3 daqiqa ko`pirtiriladi

 


6. tayyorlab qo`yilgan saryog` va quyultirilgan sut aralashmasini ko`pirtirilgan tuxum oqiga solib QO`LDA yaxshilab aralashtiramiz


7. tayyor bo`lgan sufleni qolipdagi piskvit ustiga quyib sovitgichga bir necha soatga qo`yamiz

3) SHOKOLADLI GLAZUR
-qaymoqni ilitib turib maydalangan shokoladni qo`shib eritib olinadi
-muzlagan tortni qolipdan chiqarib , uning ustidan tayyor bo`lgan sholodli glazurni quyamiz
 -quyilgan glazurni pichoq yordamida tekislab olasiz 

tort tayyor
YOQIMLI ISHTAXA


Категория: Мои файлы | Добавил: JASUR
Просмотров: 1230 | Загрузок: 0 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Админ билан боғлан
jasik_088@bk.ru
MP3
Поиск
Copyright MyCorp © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz