Пятница, 29.03.2024
www.jasur-medical.ucoz.com...





Бош меню
узим хакимда
Мои файлы [142]
Главная » Файлы » Мои файлы

Qiz uzatish yoxud nimaga Erkaklar kam...?
25.05.2011, 14:34

Nimaga erkaklar kam.....
Yoshligimda bitta masal
o'qigandim.... Bir umrga hotiramga
muhrlanib qolgan shu masal.... Sizlar
ham bir o'qib ko'ring....
Qadim zamonda bir Podshoh bo'lgan
ekan. U butun yer yuzini hukmroni
bo'lgan ekan. Nafaqat odamlar, balki
qushlaru hayvonlarni ham hukmdori
ekan. Uning bitta erka hotini bor
ekan. Podshoh faqat shu hotinidan
qo'rqar va u nima desa shuni so'zsiz
bajarar ekan. Bir kuni o'sha hotini
(malika) Podshohga:
- Men butun dunyodagi Jonzotlarni
go'shtini yeb ko'rganman. Faqat
Boyo'g'lini go'shtini yemaganman.
Shuni ham tatib ko'rishni istayman -
debdi.
Podshoh Malikani bu fikridan
qaytarishga urinib ko'ribdi, lekin, har
doimgidek, uddasidan chiqa
olmabdi.... Keyin, noiloj burgutni
Boyo'g'lini oldiga yuboribdi "Borib
ayt Boyo'g'liga, Shohim buyurdi de,
oldimga kelsin" deb...
Saroy bilan Boyo'g'li yashaydigan
ormon orasi bir kunlik yo'l ekan.
Burgut Boyo'g'lini oldiga borib,
sharoitni tushuntiribdi..... Boyo'g'li
o'ylanib turib, unga "Sen boraver,
men faqat kechasi uchaman, o'zim
yetib boraman" debdi.....
3 kundan keyin yetib kelibdi
Boyo'g'li Saroyga..... Jahli chiqib
turgan Shoh Boyo'g'liga baqiribdi
- "Nimaga kech qolding?"...
- "Shohim bilasiz, men faqat kechasi
uchaman...."
- "Shunday bo'lsa ham bir kechada
yetib kelsa bo'lardiku?!"
- "To'g'ri, lekin, birinchi kechasi
uchib kelayotsam, o'rmonda
saltanatingizdagi barcha hayvonlaru
qushlar yig'ilishib, bitta muammoni
hal qilishayotgan ekan. Meni ham
shu muammoni hal qilib yuborishga
yordam berishni so'rashdi. Shunga
tonggacha shu yerda qolib ketdim"...
-"Ho'sh nima muammo ekan u?" -
so'rabdi Shoh....
- "Tun ko'pmi yoki Kunduz kuni
ko'pmi? degan muammoni ustida
qotirishaypti ekan"
- "Ho'sh, hulosa nima bo'ldi?"
- "Hulosa dunyoda Tun (ning
vaqtlari) ko'p ekan!"
- "Nimaga? Ahir ular teng emasmi?"
- "Yo'q Shohim, agar, bulutli Kunlarni
ham (Quyosh ko'rinmagani uchun)
Tunlar hisobiga kirishni e'tiborga
olsak, Tunlar ko'p bo'larkan!"
- "Ho'p mayli, unday bo'lsa, ahir
ikkinchi tunda yetib kelishing
mumkin ediku?!"
- "To'g'ri Shohim, lekin, ikkinchi
tunda uchib kelayotsam, yana bitta
majlisni ustidan chiqib qoldim"
- "Ho'sh unda nimani hal
qilishayotgan ekan?"
- "Dunyoda O'sib turgan Darahtlar
ko'pmi yoki Quriganlarimi?"
- "Bulardan qaysi biri ko'p ekan?"
- "Qurib qolganlari!"
- "Nimaga?"
- "Chunki, tabiiy quriyotgan
darahtlarga chaqmoq urgan yoki
to'gdan tosh tushib qurigan
darhatlarni qo'shsak, qurigan
darahtlar ko'proq bo'larkan"
- "Ho'sh, uchunchi kecha nima
qilding?'
- "Uchinchi kecha uchib kelayotsam,
yana bitta Muhokama ustidan chiqib
qoldim"
- "U nimani muhokamasi ekan?"
- "Dunyoda Erkaklar ko'pmi yoki
Ayollar degan"
- "Ho'sh, ho'sh, kim ko'p ekan
dunyoda, Erkaklarmi yoki Ayollarmi"
- deb Shoh ham o'zi qiziqib so'rabdi.
- "Ayollar" deb javob beribdi
Boyo'g'li.
- "Nimaga? Ahir ularni soni teng
emasmi (o'sha vaqtda ayollar bilan
erkaklar soni teng bo'lgan bo'lsa
kera)?????" - hayron bo'libdi Shoh.
- "Yo'q, agar hotini gapidan chiqa
olmaydigan erkaklarni ham ayollar
safiga qo'shsak, Dunyoda Ayollar
ko'p bo'lar ekan" - debdi Boyo'g'li.....
Shoh o'ylab turib, Boyo'g'liga uyiga
javob berib yuborgan ekan....
Masal cho'zilib ketgani uchun
uzrlarim.... Endi, masalni mavzuga
aloqador qismiga o'tsak..... Hozir
o'sha "Boyo'g'lini uyiga Javob berib
yuboradigan" erkaklar kam....
Yoshi katta, qiz uzatgan kishilar bilan
suhbatlashib qolaman gohida.....
Sekin-sekin gap aylanib qizini
qanday uzatgani yoki kuyoviga
(tug'ilgan kuni, hayitga) nima
qilganiga yetib boradi gap.....
"Shunaqa-shunaqa harajatlar bo'ldi,
yomon qiynalib qoldim lekin, qiz
uzatish qiyin ekan, to'y qilish qiyin
ekan" deb nolishadi.... "Ha shu falon
narsani nimaga qildiz? Qilmasangiz
bo'lardiyu, yoki oddiyrog'idan
qilsangiz bo'lardiyu" deb
so'rayman.... Lyuboy bittasi, hatto
"Man Erkakman" deb erkakligini
maqtab yuradigani ham bo'ynini
qisib "Nima ham qila olardik, shu
ayollarde, man qilmaylik shuni
desam ustumga tushib ketishdi.... "
deyishadi..... To'yni boshidan
ohirigacha hotinlarni scenariysi
bo'yicha o'tadi.....
Yo'q, men ayollarni bir narsada
ayblamoqchi emasman..... Ayb
erkaklarda! O'z oilasini, ayolini
boshqara olmaganligida!
"Boyo'g'liga ruhsat berib yubora
olmagan" ligida..... Kuyov bo'lib
qaynotasi bilan qaynonasini
topganlarini yeb-kiyib
yurganlarda.... Kuyov bo'lib kelin olib
kelgan karovat (spalniy mebel)da
yotib beli o'g'rimaganligida, G'ururi
o'grimaganligida, g'ururiga qattiq
botmaganligida..... Qaynotasi narsa
olib bersa "Nima man yosh
bolamanmi" deyish o'rniga "ishqilib
yahshisimikan, prostoyi emasmikan"
deb tamshanib turgan "kuyov"lar
bilan, "E bo'ldi qil, yig'ishtir latta-
puttangni, mebelni o'zlarimiz
olamiz, bolangni o'zi olsin mebelni
qo'lidan kelsa, qo'lidan kelmasa ana
gilamga ko'rpacha to'shab yotsin"
deb hotiniga ayta olmagan
erkaklarda ayb....
Oramizda shunaqa "manga mebel
kerakmas, o'zim olaman o'zimni
pulimga, nima man invalidmanmi"
deb ayta oladigan yoki aytganlar
bormi? Har-hil urf-odatlarga,
ko'chadagi hotin-qizlarni gapiga
qarshi borib kelinni uyidan hech
narsa olib keltirtirmagan mard
bormi? Agar bor bo'lsa demak Umid
hali bor......
Qizlarga savol, siz bo'lajak turmush
o'rtog'ingizga "mebel bilan kiyim
kechakni o'zingiz olishga qurbingiz
yetmaydimi? Uyingizga parda bilan
posuda (idish-tovoq, servis va
hakazo) olishga pulingiz yo'qmi?
Meni ota-onam boqib, tarbiyalab,
sizga uzatgani o'zi yetarli emasmi
sizga, yana ustimga narsa olish
insofdanmi?" deyishga botina
olasizmi (yoki shunga o'hshash gap
qilishga)?....

Категория: Мои файлы | Добавил: JASUR
Просмотров: 1635 | Загрузок: 0 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Админ билан боғлан
jasik_088@bk.ru
MP3
Поиск
Copyright MyCorp © 2024
Создать бесплатный сайт с uCoz