Kammi-ko`pmi
yashadim ey do`st.
Ko`p
ishlarga balki ulgurdim.
Har kun
tongda o`ylayman xanuz.
Bugun balki
oxirgi kunim.
Ertaga xam
rejam ko`p garchi.
Armonlarim
ko`pi birlamchi
Ajal nogoh
tortadi qamchi.
Bugun balki
oxirgi kunim
So`zim
eshit sirdoshim soat.
Yonib
o`char onmiz omanat
Balki
bo`lar erta qiyomat
bugun balki
oxirgi kunim
Duo qiling
meni onajon
Yurakkinam
og`ir chalajon
Ketsam,
rozi bo`ling dadajon
Bugun balki
oxirgi kunim.
Xafa bo`lma
mendan do`stginam.
Seni bilmay
ranjitgan bo`lsam.
Ortimdan
tosh otmagin o`lsam
Bugun balki
oxirgi kunim.
Ijodim deb,
baxtimdan kechdim
Qancha
yillar zaxrini ichdim
Bir sham
kabi yondim-u o`chdim
Bugun balki
oxirgi kunim.
Bugun balki
oxirgi kunim.
Sog`inaman
singillarimni
bir
mehribon akaday bo`lib
Ololmadim
ko`ngillarini.
Toshdan
battar ekansan ko`nglim
Nima desang
bariga ko`ndim
Sevgi
deding sevdim o`ylamay
Ishq
dardini endi tushundim.
Qalbim
ichra ming bitta tilak
Umr oqar,
tilimda ertak
bunchalar
xam xovliqding YURAK.
Bugun balki oxirgi kunim.
|