|
Siz qaysi sanada tug'ilgansiz ???
| 12.05.2011, 14:14 |
Siz qaysi sanada tug'ilgansiz ???
1.
Bu kuni tug`ilganlarning xotirasi pastroq bo`lib, ayrim voqealarni
unutib qo`yadi. Turmush qurishda doimo baxti yurishavermaydi. Agar
turmush o`rog`i mahkam turmasa uyi buzilib ketsa ham parvo qilmaydi. 2.
Bu kuni tug`ilganlar ko`ngliga yaqin odami bilan ruhan yaqinlashishga
moyil bo`ladi. Sevgiga aql bilan yondoshadilar. O`ziga ruhan yaqinlar
bilan turmush qurishni xohlaydilar. 3. Bu kun tug`ilganlar
o`zlarining shiddatkorliklari bilan ajralib turadilar. Ko`ngilxushlik
jonu-dili. Nafsni qondirmaguncha tinchimaydilar. Doimo o`zlarini
boshqalardan bir pog`ona ustun qo`yadilar. 4. Bu kun tug`ilganlar
boshqalar bilan munosabatda qiynalishadi, shuningdek ular bilan ham
oldi-berdi qilish qiyin. Intim munosabatda juda sust. Tushkunlikka
beriluvchan, o`ziga sodiq odamni qo`llab turishga doim muhtoj va
qizg`anchiq bo`lishadi. Unaqalar bilan yashash uchun sabr-bardoshli
bo`lish kerak. 5. Shu kuni tug`ilganlar pulni juda yaxshi ko`rishadi.
O`zlariga bino qo`ygan bo`ladilar. O`zlariga uncha qaramasalarda, pul
topib boyish payida bo`ladilar. 6. Bu kunda tug`ilganlar hissiyotli,
xayolparast, o`z e`tiqodlariga sodiq bo`ladilar. ko`pincha o`z
hissiyotlari uyg`unlashtirib yuboradilar. 7. Shu kuni tug`ilganlar
bilan ehtiyotkorroq bo`lish zarur. Chunki ularning fikri tez-tez
o`zgarib turadi. Bir joyda turolmaydilar, doim yaxshi sherik axtarib
yuradilar, shuning uchun ham ikkinchi bor yostiqdoshlarini
almashtirishga to`g`ri keladi. 8. Bu kunda tug`ilganlar hissiyotli,
o`z do`stlariga sodiq bo`ladilar. Lekin ularni ko`pincha eng
ishonganlari ham "sotadi". Ularni tushunish va sevish murakkab bo`lib,
agar ular sevsalar qattiq sevadilar. 9. Bu odamlar hohishni bayon
qilishga ojiz bo`ladilar. To`qqizinchida tug`ilganlar kamdan-kam sevib
qoladilar, ammo sevsalar bir umrga vafodor bo`ladilar. Ular bir marta
xato qiladilar. O`zlariga mos kishjilar bilan tez kirishib ketadilar. 10.
Bu kun juda yaxshi va baxtli kun. Shu kuni tug`ilganlar ham o`ziga
o`xshagan qobiliyatli sherik izlaydilar. Ular bilan kelishish oson. 11.
Bu kuni tug`ilganlarning ko`ngli ochiq va sadoqatli bo`ladilar.
Sotqinlik va mag`lubiyatni ko`tara olmaydilar. Ular mustaqillikka
intiladilar, lekin mustaqil yashashga qodir emaslar. Ularning hayoti
doimo kurashdan iborat. 12. Ular bilan yashash oson, ko`ngli ochiq,
o`zlariga o`xshaganlarni izlab yuradilar, yumshoq xarakterli, ularga
qattiq gapirib ish bitkazib bo`lmaydi. Ularga muhabbat bilan yumshoq
so`zlar muomila qilib ko`p narsaga erishish mumkin. 13. Ular
hissiyotida qiyinchiliklar bor. Bunaqa odamlar ichki tomondan doimo
birortasini qo`llashga muhtoj. Ular bilan doim birga yashash qiyin. 14.
Bu kun tug`ilganlarga sherik bo`lish uchun boy odam bo`lish kerak.
Munosabati sovuq. Ularni sevib qolish ham mushkul, lekin o`ziga
tortadigan ohangrabosi bor. 15. Oyning 15-da tug`ilganlar xayolparast,
sal narsaga lovullab yonadi, shuncha tez "o`chadi". Yaxshi ta`minlangan
puldor odamlar bilan tez chiqishib ketadi. Agar uni yostiqdoshi tushunsa
oilasi mustahkam bo`ladi.16.
Bu kun tug`ilganlar kimgadir qattiq bog`lanib qolish xususiyatiga ega.
Lekin ko`p kishi bilan ko`proq bo`lish ham joniga tegadi. Turmushni
turli tomonlarini totib ko`rishga ishqiboz. Ishqiy munosabatda ehtirosga
ega lekin ko`ngli bo`sh. 17. Hissiyoti kayfiyatiga qarab o`zgarib turadi. Agar sherigi pand bersa, aloqani butunlay uzadi. Turmushi kamdan-kam buziladi. 18.
Juda ehtirosli bo`lsalarda, o`zlaridagi moyillikni aytishga uyaladi.
Buning uchun o`zlarini koyib yuradilar. Yumshoq momilali, juda kam
janjallashadi. 19. Bu kuni tug`ilganlar "o`zimniki to`g`ri" deydigan,
churt kesar, boshqalar uning uchun xizmat qilishni xohlaydigan fe`lga
ega. Biror masalani ko`pchilik bilan hal etishni istamaydi, yolg`iz o`zi
hal qilishni xohlaydi. 20. Bu kuni tug`ilganlar ruhlar dunyosi bilan yashaydi. Shuning uchun ham sevgan kishisi shunday bo`lishini xohlaydi. 21. Bu kuni tug`ilganlar ham ruhan yaqinlikka moyil bo`ladi. Ular juda beriluvchan bol`ishadi. 22.
Bu kuni tug`ilganlarning hissiyotlari kuchli emas. Agar sevib qolsalar
bir umr vafodor bo`ladilar. Qizg`anchiq, ko`ngli yarim kishilar.
Arazchan, ularni doim qo`llab turishi kerak. 23. Sherigiga o`z
tazyiqini o`tkazishni yoqtiradigan, ehtirosli va unga bo`ysunuvchan
sherik topmoqchi. Agar shunday sherik topsa turmushi yaxshi bo`ladi. 24. Jismonan zaif, orzular dunyosida yashaydi. Ehtiros bilan sevadi, har xil ish bajarishni yaxshi ko`radi. 25. Shu kuni tug`ilganlar ko`proq moddiy tomondan ta`minlangan odamlar bilan birga birga bo`lishni yoqtiradilar. 26.
Juda sezgir bo`ladilar, ruhan yaqinlikka muhtoj, sevgan kishilari uchun
qurbon bo`lishga ham tayyor ko`ngilchangligiidan foydalanib turishadi.
Lekin qat`iyatli. 27. O`zgaruvchan, pulga yoki narsaga o`ch
bo`lganligi uchun ham og`machi, o`ziga o`xshaganlarni yaxshi ko`radi,
ko`p kishi bilan kelishib ketadi, aqlli, kuchli xarakterga ega. 28.
Chin yurakdan sherigiga sadoqatli, kamtar, ruhan yaqinlikka moyil,
yumshoq, sherigi bilan kelishmasa voz kechishi oson. Ular bilan turmush
qursa baxtli bo`la oladilar. 29. Bu kuni tug`ilganlar o`ziga
yoqqanlarni maqtanishni xush ko`radilar. Uni ba`zida kimdir yo`naltirib
turish kerak. Bu kuni tug`ilganlar o`zgaruvchan bo`ladilar. 30. Ular
o`z hukmini o`tkazishni yaxshi ko`radilar. Shuning uchun ularga yumshoq
so`z, yon beruvchi sherik zarur bo`ladi. O`ziga yoqqan narsani orqasidan
quvib yuradi va unga erishmaguncha qo`ymaydi, "sherigi" uning yo`liga
qanday yurganini ham sezmay qoladi. O`ziga bo`ysunuvchilar bilan aloqada
bo`lishni ko`proq yoqtiradilar. 31. Sadoqatli va ko`ngli toza,
sevgiga sodiq bo`ladilar. Ular juda jahldor va injiq bo`lishlari ham
mumkin. Xarakterlari juda og`ir, bunaqa odamlarni ko`nliga qarab
yashaydigan odamlargina baxtli qila oladilar.
|
Категория: Мои файлы | Добавил: JASUR
|
Просмотров: 784 | Загрузок: 0
| Рейтинг: 0.0/0 |
|
|
Админ билан боғлан |
jasik_088@bk.ru |
|